REAKTIV.UZ

Askorbin kislota

C6H8O6

Formula
C6H8O6
Molyar massa
176.12 g/mol
Turi
Kislota
Tashqi ko'rinishi
Oq kristall kukun, hidsiz, nordon ta'mli
Boshqa nomlari
C vitamini, E300

Xossalari

Suvda yaxshi eriydigan organik kislota; kuchli qaytaruvchi. Yod eritmasini rangsizlantiradi — bu xossa uning miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Eritmasi yorug'lik, havo va qizdirish ta'sirida tez parchalanadi.

Qo'llanilishi

Tibbiyotda vitamin preparati, oziq-ovqat sanoatida esa antioksidant (E300) sifatida ishlatiladi. Na'matak, qora qorag'at va sitrus mevalarda ko'p bo'ladi.

Xavfsizlik

Kam xavfli; quruq, qorong'i va salqin joyda, zich yopilgan idishda saqlang.

Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.

Kislotalar — boshqa reaktivlar

Salitsil kislota

C7H6O3 · 138.12 g/mol

Xlorid kislota

HCl · 36.46 g/mol

Sulfat kislota

H2SO4 · 98.08 g/mol

← Kislotalar