REAKTIV.UZ

Qizil fosfor

P

Formula
P
Molyar massa
30.97 g/mol
Turi
Oddiy modda
Tashqi ko'rinishi
Qizil-binafsha, hidsiz amorf kukun
Boshqa nomlari
Amorf fosfor
Maktabda
8-sinf

Xossalari

Fosforning allotropik shakli: oq fosfordan farqli ravishda havoda o'z-o'zidan alangalanmaydi, qorong'ida shu'lalanmaydi va ancha kam zaharli. Suvda va uglerod sulfidda erimaydi. Qizdirilganda yonib, oq tutun — fosfor(V) oksid hosil qiladi: 4P + 5O2 → 2P2O5.

Qo'llanilishi

Laboratoriyada fosfor(V) oksid va fosfat kislota olish tajribalarida reagent sifatida ishlatiladi. Sanoatda fosforning boshqa birikmalarini olishda xomashyo bo'ladi.

Xavfsizlik

Oson yonadi, shuning uchun ishqalanish, qizish va olovdan ehtiyot qilinadi. Oksidlovchilar bilan aralashtirish qat'iyan man etiladi. Yonganda ajraladigan tutun nafas yo'llarini kuydiradi, faqat mo'rili shkafda ishlanadi.

Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.

Oddiy moddalar — boshqa reaktivlar

Natriy

Na · 22.99 g/mol

Kaliy

K · 39.10 g/mol

Kalsiy

Ca · 40.08 g/mol

← Oddiy moddalar