Fosfat kislota
H3PO4
Xossalari
O'rtacha kuchli uch negizli kislota; suvda istalgan nisbatda eriydi va oksidlovchi xossaga ega emas. Uch xil tuz hosil qiladi: digidrofosfatlar, gidrofosfatlar va fosfatlar. Fosfat ionlari kumush nitrat bilan sariq cho'kma (Ag3PO4) beradi.
Qo'llanilishi
Fosforli o'g'itlar ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoatida (E338, gazli ichimliklar) va metall sirtidagi zangni ketkazishda ishlatiladi.
Xavfsizlik
Konsentrlangan eritmasi teri va ko'zni kuydiradi; qo'lqop va ko'zoynakda ishlang.
Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.
Kislotalar — boshqa reaktivlar
Sirka kislota
CH3COOH · 60.05 g/mol
Karbonat kislota
H2CO3 · 62.02 g/mol
Sulfit kislota
H2SO3 · 82.08 g/mol