Nitrat kislota
HNO3
Xossalari
Kuchli bir negizli kislota va kuchli oksidlovchi; 83 °C da qaynaydi, yorug'likda parchalanib azot(IV) oksid hosil qiladi. Metallar bilan reaksiyada odatda vodorod emas, azot oksidlari ajraladi: Cu + 4HNO3(konts.) → Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O. Konsentrlangan kislota temir va alyuminiyni passivlashtiradi.
Qo'llanilishi
Azotli mineral o'g'itlar va bo'yoqlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Laboratoriyada oksidlovchi va analitik reagent sifatida qo'llaniladi.
Xavfsizlik
Teriga tushsa, sariq dog' qoldirib kuydiradi; bug'lari zaharli. Faqat mo'rili shkafda ishlang; qorong'i shisha idishda, organik moddalardan alohida saqlang.
Ma'lumot o'quv maqsadida berilgan. Laboratoriyada ishlashda o'qituvchi yoki laborant ko'rsatmalariga amal qiling.
Kislotalar — boshqa reaktivlar
Fosfat kislota
H3PO4 · 97.99 g/mol
Sirka kislota
CH3COOH · 60.05 g/mol
Karbonat kislota
H2CO3 · 62.02 g/mol